21:10 / 19.01.2021
2 039

“Damas”dagi reja chippakka chiqdi

“Damas”dagi reja chippakka chiqdi
Sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan dori vositalarini noqonuniy aylanuviga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida fuqaro X.J. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, avtomashina yukxonasi o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada fuqaro M.O.ga tegishli bo‘lgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi xech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati qariyb 70 million so‘mlik 16 000 dona “Immudon” nomli va 10 120 dona “MONTALIN” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Damas”dagi reja chippakka chiqdi