07:00 / 20.01.2021
1 969

Shavkat Mirziyoyev: «Demokratiya yo‘lini qat’iy davom ettiramiz»

Shavkat Mirziyoyev: «Demokratiya yo‘lini qat’iy davom ettiramiz»
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonda bundan buyon ham ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish masalasi hukumatning doimiy e’tiborida bo‘ladi. Bu haqda 19 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Ko‘rib turibsizlar, biz jamiyatimizda demokratiya, ochiqlik, oshkoralik, erkinlik muhitini yaratyapmiz va bu yo‘lni qat’iy davom ettiramiz. Bundan buyon ham so‘z va ijod erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish masalasi doimiy e’tiborimizda bo‘ladi. Faqat axborot maydonida faoliyat ko‘rsatayotgan jurnalist va blogerlar bu borada qabul qilingan qonun talablari hammaga birdek barobar ekanini esdan chiqarmasliklari kerak.

Unutmaslik kerakki, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarning o‘z vaqtida berib borilishi tarqalayotgan yolg‘on ma’lumotlarning oldini oladi
», — dedi davlat rahbari.

Prezident Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishi zarurligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Demokratiya yo‘lini qat’iy davom ettiramiz»