13:05 / 20.01.2021
2 967

Jahongir Otajonov prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi (video)

Jahongir Otajonov prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi (video)
San’atni butunlay tark etganini ma’lum qilgan Jahongir Otajonov o‘zining navbatdagi murojaatida navbatdagi O‘zbekiston prezidenti sayloviga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi ekanini bildirdi.

«Hozirgina internetda O‘zbekistonda 2021 yil mart oyidan prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari boshlanganini o‘qib qoldim. Albatta, avval ham ba’zi videolarimda hazilga olib aytib qo‘yardim, lekin o‘zidan o‘zi hazil qilib qo‘yilmaydi. Ochiqdan ochiq aytaman, prezident bo‘lish niyatim bor», — deydi Jahongir Otajonov.

«Menam prezident bo‘laman va O‘zbekistonning gullab-yashnashiga erishaman. Albatta, bu gapim bilan hozirgi davlat rahbariyatiga hech qanday e’tiroz qilayotganim yo‘q, qilishga haqqim ham yo‘q. Zotan ular ham qo‘llaridan kelgan ishni qilishyapti. Bir narsaga erishish, albata oson bo‘lmaydi», — qo‘shimcha qilgan u.

Shuningdek, Jahongir Otajonov hozirda xorijdaligini, yaqinda O‘zbekistonga qaytib, saylovda qatnashish uchun nima qilish kerak bo‘lsa, bajarishini bildirgan.

Sobiq xonandaning murojaatidan, u prezidentlik saylovlarida ishtirok etish tartibi va shartlari haqida hali aniq tasavvurga ega emasligini anglash qiyin emas.
[media=https://www.instagram.com/tv/CKQSlh0HOfj/?utm_source=ig_embed]
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)