15:13 / 20.01.2021
2 732

Shavkat Mirziyoyev: «Milliy g‘oya deganda eski sovet mafkurasini tasavvur qilib, labiga uchuq toshayotganlar ham yo‘q emas»

Shavkat Mirziyoyev: «Milliy g‘oya deganda eski sovet mafkurasini tasavvur qilib, labiga uchuq toshayotganlar ham yo‘q emas»
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 yanvar, seshanba kuni ma’naviyat masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari mamlakat mafkurasining asosiy g‘oyasi haqida so‘z yuritarkan, yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘lishini qayd etdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Afsuski, hali oramizda milliy g‘oyaning, ma’naviyatning mohiyatini to‘liq anglab yetmaganlar, ma’naviyat kerakmi-yo‘qmi deb yurganlar ham yo‘q emas. Milliy g‘oya deganda eski sovet mafkurasini tasavvur qilib, labiga uchuq toshayotganlar ham yo‘q emas. Bu ham haqiqat. Lekin agar mafkura odamiy bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini, uning qadr-qimmatini ulug‘lashga xizmat qilsa, nima uchun undan qo‘rqishimiz kerak?

Hamma harakatlarimizning asosi — xalqimizni rozi qilish, odamiylik nuqtai nazaridan nimaki qilayotgan bo‘lsak, hammasining asosi shu. Shu munosabat bilan ta’kidlab aytmoqchiman, biz yaratayotgan Yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi.

Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Albatta, bu yuksak g‘oyalar osmondan tushmagan. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan
», — dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Milliy g‘oya deganda eski sovet mafkurasini tasavvur qilib, labiga uchuq toshayotganlar ham yo‘q emas»