14:25 / 21.01.2021
2 195

Tadbirkor foydasiga 825,0 mln. so‘m undirib berildi

Tadbirkor foydasiga 825,0 mln. so‘m undirib berildi
Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ijro ishi yurituvida Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 27.07.2020 yildagi № 4-1001-2009/7131-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor "ASIA NOXTON" xususiy korxonasidan undiruvchi “Raxmanberdiyeva Aziza Abduqodir qizi” yakka tartibdagi tadbirkor foydasiga jami 825.000.000 so‘m qarz va davlat foydasiga 16.500.000 so‘m davlat bojini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga 03.08.2020 yil kuni kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi S.Sultaniyazov tomonidan 09.08.2020 yil kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan, ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nus'hasi taraflarga yuborilgan. Qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida, Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq, so‘rovnomalar yuborilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonadan undiruvchi tadbirkor foydasiga 825.000.000 so‘m qarz xamda davlat foydasiga 16.500.000 so‘m davlat boji jami 841.500.000 so‘m qarzdorlik pullari bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan to‘liq undirilib 19.01.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan amalda tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkor foydasiga 825,0 mln. so‘m undirib berildi