20:28 / 21.01.2021
2 257

MIB: 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ota topildi

MIB: 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ota topildi
Sardoba tumani Paxtakor mahallasida yashovchi Z.A.dan fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudining 03.05.2010 yildagi qaroriga asosan undiruvchi Yu.K. foydasiga 1 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun voyaga yetguniga qadar har oydagi ish haqi va boshqa daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Ijro xarakatlari davomida, qarzdorni yashash manzilidan topish imkoni bo‘lmaganligi sababli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasiga asosan 25.04.2011 yilda qidiruv e’lon qilinib ijro uchun Sardoba tuman IIO FMBga yuborilgan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Sardoba tuman bo‘limi ish yurituviga olingan. Aliment mablag‘ini o‘z vaqtida to‘lamay qochib yurgan qarzdor ota Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi qidiruv bo‘limi xodimlari va tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida, qarzdor ota oradan qaryib 10 yil o‘tib topildi.

Shu bilan bir qatorda qarzdor Z.A.ning alimentdan qarzi 01.01.2021 yil xolatiga 78.026.902 so‘mni tashkil etganligi aniqlandi.

Olib borilgan ijro xarakatlari davomida davlat ijrochisi U.Qo‘ziyev tomonidan qarzdor Z.A.ga nisbatan MJtKning 47(4)-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Qarzdor Z.A.ga nisbatan to‘plangan xujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tuman sudiga taqdim qilindi va shu sudning 19.01.2021 yildagi qaroriga asosan 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ota topildi