14:43 / 22.01.2021
1 850

Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi
Buxoro viloyatiga safarini davom ettirayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni erta tongda Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.

«O‘tganlar xotirasiga Qur’on tilovat qilinib, Alloh taolodan yurtimizga tinchlik-farovonlik, xalqimizga salomatlik va saodat tilab duo o‘qildi», — deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati tarqatgan axborotda.

Suratda — prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov (chapda) va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov (o‘ngda) bilan birga duo qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi