15:43 / 23.01.2021
777

Farg‘onaning O‘zbekiston tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Farg‘onaning O‘zbekiston tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani markazida joylashgan bozorda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar berdi «Daryo» nashri.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga 2021 yil 22 yanvar kuni sodir bo‘lgan kuchli shamol oqibatidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Foto: Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2021 yilning 22 yanvar kuni soat 05:30 da O‘zbekiston tumani «Bozor Yaypan» MFY, Ibn Sino ko‘chasida joylashgan «Yangi Bozor SMR» MCHJ savdo majmuasida yong‘in kelib chiqqan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in tegishli kuch vositalar yordamida o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

Foto: Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onaning O‘zbekiston tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi