1 121
“O‘lik jonlar” ortidan 983,5 mln. so‘mni o‘margan bog‘cha mudirasining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 983,5 mln so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari bilan hamkorlikda ushbu bog‘chada tekshirish o‘tkazilgan.
Tekshirishda bog‘cha mudirasi va boshqalar oldindan til biriktirib, 2014-2020 yillar davomida amalda bog‘chada ishlamaydigan 37 nafar, shu jumladan, 4 nafar yaqin qarindoshini ishga qabul qilgani aniqlangan. Xodimlarning mehnat faoliyati bo‘yicha shtat jadvallari va buxgalteriya tabellariga soxta ma’lumotlar kiritish orqali hujjatlarni qalbakilashtirilgan. Bu yo‘l bilan 983,5 mln. so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan bog‘cha mudirasi va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moliya vazirligi 2020 yilda budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida ma’lumot bergan edi. Unga ko‘ra, maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 327 ta nazorat tadbirlarining 270 tasida 16,7 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Budjet puli eng ko‘p talon-toroj qilingan viloyatlar aniqlandi

Bosh prokuratura: Zoopark rahbariga «ish» ochildi

Budjet, soxta firma va hujjatlar. Pandemiyada korrupsiyaga qo‘l urgan namanganlik amaldor haqida

Toshkent viloyati bosh infeksionistiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi kuchda qoldirildi

Ohangaronda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi soxta diplom bilan ishga kirgani fosh etildi

Behzod Musayev: "Har 100 nafar bemorga bir nafar nufuzli tibbiyot xodimi biriktiriladi"