10:56 / 25.01.2021
1 325

«Qaysi tilda gapirsang ham mayli, ‘podvodit’ qilmasang bo‘ldi» - Shavkat Mirziyoyev

«Qaysi tilda gapirsang ham mayli, ‘podvodit’ qilmasang bo‘ldi» - Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev 21 yanvar kuni Buxoroga amalga oshirgan tashrifi davomida shamoldan zarar ko‘rgan Olot tumaniga borgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Tashrif davomida Prezident tuman markazida Olot, Qorako‘l, Jondor va Shofirkon tumanlari faollari, mahalla raislari bilan uchrashgan va aniq takliflar bilan chiqqan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Davlat rahbarining viloyat aholisi bilan uchrashuvida «Oqsuv» MFY raisi o‘z mahallasida 214 nafar ishsiz fuqaro va 4 nafar tadbirkor borligini ma’lum qildi. Mahalla raisi tadbirkorlardan biri shaharda ijarada turib faoliyat ko‘rsatayotgani, mahallaning yetti nafar fuqarosini ish bilan ta’minlayotganini aytgan va Prezidentdan uning qishloqda faoliyat ko‘rsatishi uchun yer so‘ragan.

«Yer bersa bo‘ldi, o‘zi hamma binosini tiklab, yettita emas, 15 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlayman deyapti», — deydi mahalla raisi.

Bunga javoban Shavkat Mirziyoyev shu kabi takliflar kerakligini ta’kidlagan.

Suhbat davomida hayajonga tushgan mahalla raisi Prezidentga «bundan keyin sizni ‘podvodit’ qilmaymiz», deya va’da bergan va o‘z fikrini o‘zbek tilida bildirmagani uchun darhol uzr so‘ragan.

«Mayli, mayli ‘podvodit’ qilmasang ham mayli. Qaysi tilda gapirsang ham mayli, ‘podvodit’ qilmasang bo‘ldi», — deya Prezident holatni hazilga yo‘yib ketgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)