15:12 / 25.01.2021
3 011

“Grin-kard”ga havas qilganlarga maslahat

“Grin-kard”ga havas qilganlarga maslahat
Bundan o‘n uch yil avval Green card sohibi bo‘lib AQSHga jo‘nadim. Bir tashkilotda transport bo‘limida ishlardim. Ofisimiz Nyu-Yorkning Bruklinida joylashgan bo‘lib, masjiddan 700-800 metr uzoqda edi. Men har kuni Alloh qodir qilgancha namozga qatnardim...

Qurbon hayiti kuni ofisimizga yaqin kushxonaga farzandimni ham olib kelib birgalikda qurbonlik uchun bir jonliq tanlab uni so‘ydik. Go‘shtlarini bo‘laklarga bo‘lib, qora qalin yelim xaltalarga solib uyga olib ketdik. Bu ish ofisdagi g‘ayridinlarga juda qiziq tuyuldi.

“Jonivorga rahming kelmaydimi?! Yosh bolaga nimani o‘rgatayapsan? – deganlari ham bo‘ldi.

Xullas, ularning aksariyati bu ishni xushlamadi. Xodimlarimizdan biri menga islomdan so‘z ochib, bir necha sura va oyatlarni yoddan o‘qib berdi. Men hayron qoldim va o‘z navbatida xursand bo‘ldim. Ichimda “birga masjidga boradigan hamroh topildi” – dedim-da, juma namozlariga birga borishni taklif qildim.

Bir oz soqoli bor, ko‘rinishidan musulmon bu yigitning ismi Fozil, familiyasi Qurbonov edi.
Ammo u shu zahoti; “Men yahudiyman, yana yahudiylarning eng sarasi – tog‘lik yahudiylardanmiz. Biz bor yo‘g‘i bir necha ming kishimiz” - dedi.

Bu gapni eshitib men nima deyishni ham bilmay qoldim. Shunda u gapida davom etib: “Men ozarbayjonlik tog‘ yahudiysiman. Yoshligimda musulmonlar mahallasida o‘sdim, barcha o‘rtoqlarim qatori men ham ular bilan birgalikda masjidga borib, ularni kuzatardim. O‘zim alohida xoli qolganimda joynamoz ustiga turib, sajdaga tikilib uzoq vaqt qotib turardim va o‘rtoqlarim nimani his qilishini bilgim kelardi. Ular bilan yurib Qur’onni o‘rgandim, islomni tanidim!

Islom eng tug‘ri din ekanini bilaman”, dedi.
Xo‘sh nima seni ushlab turadi? - dedim.

U: “Yahudiylarning eng sarasimiz va biz tanlanganmiz, g‘ururimiz yo‘l qo‘ymaydi”, deb so‘zini yakunladi.
U menga havas qilishini yashirmadi...

Bir kun ishdan uyga qaytayotganimizda mashinada ko‘pchilik edik. Mashinada har xil dinga mansublar, ular orasida dinsizlari ham bor edi.
Bir dinsiz men bilan bir oz bahslashgan ham edi.

Shunda Fozil oraga kirdi va dinsizga: “Sen barcha dinlarni aqling bilan hech biriga yondashuvsiz o‘rgansang, eng to‘g‘ri din islom ekanini bilasan”- deya maslahat berdi. Hamma sukutda qoldi...

Alloh qalbini muhrlab qo‘ysa, hech narsa yordam bermas ekan!
Alloh qalblarimizni Qur’on va iymon nuri ila to‘ldirsin!

Aytgancha, AQSHda bir yildan ko‘proq qolib, katta xato ekanini tushundim va Vatanga qaytdim. "Greencard" orzu qilganlarga rahmim keladi, AQSHga borib yashashni xam tavsiya qilmayman... Sababi nima deysizmi? Bunisi alohida va uzun mavzu...

Sherzod Sami

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Grin-kard”ga havas qilganlarga maslahat