Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri muloqot qilish, ularning muammolarini bevosita joyida aniqlash va bartaraf etish maqsadida joriy yilning 22 yanvar kuni Byuroning viloyat boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida viloyatning Sariosiyo va Uzun tumanlarida sayyor qabullar tashkil etildi.
Mazkur sayyor qabullar davomida jami 20 dan ortiq Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglanib, shundan murojaatlarning 8 tasi joyida xal etilgan bo‘lsa qolgan murojaatlar nazoratga olinib mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Aytish o‘rinliki, mazkur sayyor qabul davomida ko‘rib chiqilgan aholi murojaatlarining asosiy qismini aliment qarzdorligini undirish bo‘yicha qilingan murojaatlar tashkil etdi.
Shuningdek, ayrim murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganib chiqish bo‘yicha mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berildi. Sayyor qabulda murojaat qilgan Sariosiyo va Uzun tumanlarida 4 ta oilaning murosaga kelib yarashtirib qo‘yilishiga erishildi.
Bundan tashqari, Xikmatova Zilolaning bir nafar farzandi uchun aliment pullarini ololmayotganligi yuzasidan qilgan murojaati jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudida ko‘rib chiqilib, aliment pullarini to‘lamasligini aytgan otaga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.
Albatta, bu kabi sayyor qabullar fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berayotganligi bilan yanada ahamiyatli bo‘lmoqda.

Majburiy ijro byurosi
Surxondaryo viloyat boshqarmasi
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Sayyor qabulda Oqqo‘rg‘ondagi muammolarga yechim topildi

MIB direktori Toshkent viloyatida sayyor qabullar o‘tkazmoqda

Byuro direktori Jizzax viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi (foto)

Adliya vaziri Navoiy viloyatida sayyor qabullar o‘tkazdi

Sayyor qabullarda xalq o‘z muammosini ochiq aytishga o‘rgandi

Prezident Virtual qabulxonasiga Yakkasaroy tumani bo‘yicha 6000 dan ortiq murojaat kelib tushgan