23:05 / 25.01.2021
640

Navoiyda "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-kizlarning muammolari o‘rganildi

Navoiyda "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-kizlarning muammolari o‘rganildi
Navoiy viloyati sudyalari tomonidan ochiq muloqotlar tashkil etilib, “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 yanvardagi “Xotin qizlarni har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbir to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida joriy yilning 23-24 yanvar kunlari Navoiy viloyat sudlari tomonidan o‘zlari yashab turgan, shuningdek, faoliyat ko‘rsatayotgan hududlarda sektor rahbarlari, tuman, shahar adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari agentligi, advokatura, majburiy ijro byurosi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, 2021 yilning 23 yanvar kunida Navoiy viloyat tumanlararo, tuman, shahar sudlari va ma’muriy sudlar raislari hamda sudyalari ishtirokida viloyatning barcha hududlarida “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy tomondan ko‘makka muhtoj bo‘lgan xotin-qizlar qabuli tashkil etildi va ular muammolari o‘rganildi.

Mazkur qabul jarayonida jami 181 ta “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin qizlarning muammolari o‘rganildi, shundan 24 ta holatda xotin qizlarning muammolari joyida ijobiy hal qilindi. Jumladan, xotin qizlarning 2 nafari jamoatchilik asosida ishga joylashtirildi, 2 ta ayolning turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi da’vo arizalari sud ish yurituviga qabul qilindi, 1 nafar qarzdorlikni bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi arizasi sud ish yurituviga qabul qilingan, 1 nafar sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining bekor qilish to‘g‘risidagi arizasi qabul qilinib, nazoratga olingan, 1 nafar ishga tiklash to‘g‘risidagi, 2 nafar nikoxni bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo arizalari sud ish yurituviga qabul qilingan, 1 nafar shaxsga nisbatan qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilindi, 2 nafar murojaatchiga aliment qarzdorligining undirib berilib, qarzdorlikning qolgan qismini undirish yuzasidan majburiy ijro byurosiga munosabat bildirildi, 10 nafar aliment undirish to‘g‘risidagi murojaatlar qanoatlantirilib, sud buyrug‘i undirish to‘g‘risidagi arizalar sud ish yurituviga qabul qilingan, 1 nafar fuqaro ishga tiklanib, 1 nafar fuqaroning fuqarolikni olish masalasi ijobiy hal qilingan.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ammo sayyor qabulga kelishining imkoni bo‘lmagan xotin-qizlar ahvolidan ularning yashash xonadoniga borib xabar olindi, muammolari o‘rganildi. Murojaatlarning 39 tasi sud-huquq sohasiga, 97 tasi ijtimoiy masalalarga oid bo‘lib, 21 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berilgan.

Jami murojaatlar tahlil qilinganda:
meros bilan bog‘liq – 5 ta, (2,8%);
turar joy masalasi bilan bog‘liq – 7 ta, ( 3,9 %);
sud qarorlaridan norozi bo‘lib bildirilgan murojaatlar - 3 ta (1,6);
moddiy yordam ajratish to‘g‘risida - 10 ta, (5,5%);
oila–nikoh masalalari to‘g‘risida – 7 ta, (3,8%);
turar joy olish uchun subsidiyalar ajratish to‘g‘risida- 13 ta, ( 7,2 %);
kredit ajratish to‘g‘risida- 13 ta, (7,2%);
tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida - 5 ta, ( 2,8%);
vasiylikka olish, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, pasport va fuqarolik olish tartibi to‘g‘risida - 5 ta, ( 2,8%);
ishga tiklash to‘g‘risida - 5 ta, (2,8% );
ish bilan ta’minlash haqida - 58 ta, (32,1 %);
aliment undirish bilan bog‘liq - 25 ta, (13,8%);
boshqa masalalar - 24 ta (13,8%) ni tashkil qilgan.

Himoya orderi berish to‘g‘risida 1 nafar fuqaro murojaat qilgan.
Ochiq muloqotlar va targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Navoiy viloyat sudi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)