00:13 / 27.01.2021
2 429

Shavkat Mirziyoyev: «Ayol kishi rahbar bo‘lsa, xursand bo‘laman»

Shavkat Mirziyoyev: «Ayol kishi rahbar bo‘lsa, xursand bo‘laman»
Foto: «Daryo» / Madina Nurman
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ayol rahbarlar faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. «Daryo»ning xabar berishicha, Prezident yig‘ilishda Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova haqida fikr bildirgan.

«Olot tumani hokimi Nargizaxonning ishi menga ma’qul. Menga masalalarni lo‘nda qilib tushuntirib berdi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, Prezident Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafoyevaning ham faoliyatiga to‘xtalib, «Ayol kishi bor joyda yaxshiliklar bo‘ladi. Ayol kishi rahbar bo‘lsa, xursand bo‘laman. Sizga Prezident ishonadi», deya ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Nargiza Ne’matova 2020 yilning fevral oyida Buxoroning Olot tumaniga hokim etib tayinlangan, «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning fevral—mart oylarida Andijon viloyatining Bo‘ston tumanidan tashqari, Sirdaryoning Boyovut, Buxoroning Olot, Qashqadaryoning Qarshi, Namanganning To‘raqo‘rg‘on tumanlariga va Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahriga ayol-hokimlar tayinlangan edi.

Ushbu tayinlovlar Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Mazkur tayinlovlarga munosabat bildirarkan, Prezident Shavkat Mirziyoyev «ayollar bo‘lgan joyda adolat, poklik bo‘lishi»ni ta’kidlagan, ularga hech narsadan qo‘rqmaslikni tavsiya qilgan edi.

«Ishonaman — ayollar rahbar bo‘lgan tumanlarda adolat bayrog‘i boshqacha hilpiraydi. Biz hokimlikka saylangan rahbar ayollarimizga doim yordam beramiz, yelkadosh bo‘lamiz. Bundan keyin ham katta-katta tashkilot va kompaniyalar rahbarligiga ayollarni tayinlash tashabbusi davom etadi. Biz ularni tayyorlayapmiz. Kimlargadir bu ish yoqmas, lekin menga yoqadi» — degandi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Ayol kishi rahbar bo‘lsa, xursand bo‘laman»