18:50 / 27.01.2021
1 574

Tadbirkordan 399 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi

Tadbirkordan 399 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi
Guliston shahar Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga «Sirdaryo tayyorlov ta’minot savdo» MCHJdan 399 million so‘m soliq qarzdorlikni undirish belgilangan.

Mazkur hujjat asosida Majburiy ijro byurosi Guliston shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisi R.Axmatovning qaroriga asosan band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutassadilarga so‘rov xatlari yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor «Sirdaryo tayyorlov ta’minot savdo» MCHJdan 26.01.2021 yilda 38 ming AQSH dollari undirildi va bank tomonidan konvertatsiya kilinib, shahar davlat soliq idorasi foydasiga 399 million so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkordan 399 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi