15:01 / 28.01.2021
1 983

Shavkat Mirziyoyev: «Yoshlar bilan do‘st bo‘lmaganimiz uchun ularning ko‘pi noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketdi. Bu — bizning aybimiz»

Shavkat Mirziyoyev: «Yoshlar bilan do‘st bo‘lmaganimiz uchun ularning ko‘pi noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketdi. Bu — bizning aybimiz»
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27 yanvar, chorshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari yoshlar mummolarini «mahallabay» o‘rganib, hal etish bo‘yicha tizim yaratilishini ta’kidladi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

«Biz yoshlarga quloq solmadik, dardini eshitmadik, ular bilan do‘st bo‘lmadik. Ularni eshitadigan tizim va imkoniyat yo‘qligi uchun ko‘plab yoshlar adashib, noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketdi. Bu — bizning aybimiz.

Yoshlar ishlari agentligini tuzdik, hokimlarga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosar lavozimini joriy qildik. Ammo ular hali biz kutgan natijalarni bermayapti.

Endilikda yoshlar mummolarini ‘mahallabay’ o‘rganib, hal etish bo‘yicha tizim yaratamiz. Hamma amaldorlar — vazirlar, hokimlar, sektor rahbarlari va boshqa mas’ul rahbarlar yoshlarning ko‘nglidagi dardi va taklifini tinglaydi, ularga amaliy yordam beradi
», — dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Yoshlar bilan do‘st bo‘lmaganimiz uchun ularning ko‘pi noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketdi. Bu — bizning aybimiz»