19:30 / 28.01.2021
2 084

Endi abituriyent 5 ta emas, cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi

Endi abituriyent 5 ta emas, cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi
Test tizimidagi yangilik va yengilliklar, amaliy ishlar xususida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Majid Karimov bilan suhbat e’lon qilindi. Unda Karimov kelgusi yilgi rejalarni ma’lum qilingan.

«Kelgusi rejalar xususida. Avvalo, 2021/2022 o‘quv yili qabulidagi test sinovlarida aytish kerakki, taklif tayyorlash bosqichi bo‘lsa ham, o‘zgarishlar bo‘ladi. Masalan:

birinchidan, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini yaratish (bunda to‘plagan ballari bilan tanlov bosqichida abituriyent avvalgidek 5 tagacha emas, balki test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi va o‘qishga kirish imkoniyati keskin oshadi);

ikkinchidan, oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar majmuasiga kiruvchi umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat berish tizimini amaliyotga joriy etish (bunda abituriyent joriy etilgan chet tili fanlaridan sertifikat berilishi kabi abituriyent boshqa umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat olishi va u oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirishda hisobga olinishi yo‘lga qo‘yiladi);

uchinchidan, chet tillarni bilishni baholash bo‘yicha ko‘p darajali test tizimini joriy etish (bunda talabgor sinovlarda bir marta ishtirok etib, mos darajalardan biriga ega bo‘ladi);

to‘rtinchidan, Xalqaro baholash tashkilotlari bilan hamkorlikda test sinovlarini tashkil etish va xalqaro sertifikatlarni berishni yo‘lga qo‘yish (bunda xalqaro tajriba o‘rganiladi, amalda tatbiq etiladi va talabgorlarning ishlari xalqaro baholash mezonlari asosida baholanadi);

beshinchidan, test sinovlarini o‘tkazuvchi yetakchi markazlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish (bunda Davlat test markazi test topshiriqlarini shakllantirishdan to tashkiliy ishlarni amalga oshirishga qadar bu kabi muassasalar bilan hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalar ishlab chiqishi, xalqaro ekspertlar ishtirokida treninglar o‘tkazishi, eng maqbul usul va shakllarni joriy etishi mumkin);

oltinchidan, test sinovlarida ishtirok etadigan guruh nazoratchilarini tanlash va tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish (bunda Davlat test markazining rasmiy saytida alohida sahifa ochilib, nazoratchilar tanlovini yil mobaynida amalga oshirish, onlayn tayyorlash va saralash ishlari yo‘lga qo‘yiladi).

– Ha, buning ham o‘ziga xos talablari bor. Avvalo aytish kerakki, 3 yil oldin, 2018 yilgacha abituriyentlar bor-yo‘g‘i faqat bitta ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin edi. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 3 ta ni, 2020 yilda esa 5 tani tashkil etdi. Bunda avvalo «cheksiz tanlov» iborasi xohlagan ta’lim yo‘nalishini tanlashni anglatmaydi va bunday o‘zgarishni joriy etish uchun test sinovi topshiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qat’iy nazar, bir xil ball berilishi talab etiladi. Kengroq tushuntirilganda, «cheksiz tanlov» faqat test sinovi topshiriladigan fanlari bir xil bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari doirasida amal qiladi.

Bu o‘zgarish ham abituriyentlarning o‘qishga kirish imkoniyatini keskin oshiradi», dedi Karimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi abituriyent 5 ta emas, cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi