20:03 / 28.01.2021
3 503

Shavkat Mirziyoyev: O‘nta vazirni ishdan olishimiz kerak

Shavkat Mirziyoyev: O‘nta vazirni ishdan olishimiz kerak
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida shu haftada bitta viloyat hokimi va bitta vazir ishdan olinishini ma’lum qildi.

Sadoqati bor, lekin aravani torta olmayotgani uchun ishdan olaman, eshitasizlar hali. Jonga tegdi bunaqa byurokratlar. Sekin-sekin bittadan viloyat hokimi, tuman hokimi, vazirlarni ham ishdan olib, o‘rniga yosh-yosh kadrlarni qo‘yaman. Qaysi vazir aravasini tortmayotganini bilaman. Bosh vazirga aytganman, o‘nta vazirni ishdan olishimiz kerak, deb. Ikkitasi ishdan olindi, lekin bu hali yetarli emas, – dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: O‘nta vazirni ishdan olishimiz kerak