11:55 / 29.01.2021
590

55 million so‘mlik biologik faol qo‘shimchalarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatib qolindi

55 million so‘mlik biologik faol qo‘shimchalarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatib qolindi
Sifati kafolatlanmagan biologik faol qo‘shimchalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, oldindan tezkor kuzatuvga olingan fuqaro M.D. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 55 million so‘mlik jami 550 ta yelim qutida “SAMYUN WAN” nomli biologik faol qo‘shimchalar borligi aniqlandi.

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)