16:47 / 29.01.2021
2 777

«Senga etik kiyib ol deyilgandi-ku». Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi vaziriga tanbeh berdi

«Senga etik kiyib ol deyilgandi-ku». Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi vaziriga tanbeh berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati va «Sevimli TV» telekanali Shavkat Mirziyoyevning 21—22 yanvar kunlari Buxoroga amalga oshirgan tashrifiga oid maxsus reportaji bilan bo‘lishdi. Unda oldinroq jamoatchilikka namoyish etilmagan kadrlarni ham ko‘rish mumkin, deb yozadi «Gazeta.uz».

Xususan, syujetda davlat rahbari qishloq xo‘jaligi vazirini koyigani, mahalla raisi bilan hazillashgani va DXX xodimiga «uyushmagan yoshlar» bilan ishlash bo‘yicha topshiriq berganini ko‘rish mumkin.

Prezident Buxoro Varnet agrosanoat kompleksiga amalga oshirilgan tashrifi vaqtida qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevning etigi yo‘qligiga e’tibor qaratgan. «Qani etiging? Senga etik kiyib ol deyilgandi-ku», — degan Shavkat Mirziyoyev.

«Buxoro viloyatidagi yerlarning aksariyati sho‘rxok va qumli tuproqdan iborat. Bu kabi yerlarda esa hosildorlikni oshirish oson emas. Bunday ishda qishloq xo‘jaligi vaziriga etik ham kerak bo‘ladi», — deyiladi syujetda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari Bukhara Cotton Textile klaster korxonasi faoliyati bilan tanishish vaqtida yoshlar masalasiga alohida to‘xtalib o‘tgan. Shavkat Mirziyoyev o‘quv markaziy tashkillashtirilgan Buxoro Varnet issiqxona xo‘jaligini namuna qilib ko‘rsatgan.

«Biz uchun eng muhimi — ta’lim. Avtobus Buxoroga 100 kishini olib keladi, ular 10 kun ichida o‘qitiladi», — deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra Davlat xavfsizlik xizmati mahallalar kesimida yoshlar bilan ishlashning yangi tizimini joriy etishga jalb etilmoqda.

Kadr: YouTube
«Ish boshladingmi? Sen juda qattiq ishlashing kerak. Yana bir bor senga topshiriq beryapman. Qiladigan ishlaring barchasi o‘z yo‘liga, ammo yil yakunida sendan faqat bir narsani so‘rayman: menga faqat uyushmagan yoshlar bilan ishlash kerak. Maktablar, kollejlarga borib, ‘ura-ura’chilik qilish kerak emas, biz bundan o‘tib bo‘ldik. Yangi rahbar sifatida senga bu sinov bo‘ladi», — deydi Prezident DXX vakiliga murojaat qilib.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Senga etik kiyib ol deyilgandi-ku». Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi vaziriga tanbeh berdi