20:25 / 29.01.2021
1 503

Qarzdor fuqarodan tadbirkor foydasiga 67,0 mln. so‘m kredit qarzi undirib berildi

Qarzdor fuqarodan tadbirkor foydasiga 67,0 mln. so‘m kredit qarzi undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontoxur tumanlararo sudining 14.01.2019 yilgi 1-6806/18-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor Z.Isomiddinnovadan undiruvchi “BAURAUM GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 66 mln. 994 ming. 785 so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 27.02.2019 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Qarzdor fuqaro tomonidan ixtiyoriy belgilangan muddat ichida qarzdorlik to‘lanmagach, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilgan. Jumladan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan 20.01.2021 yil kuni qarzdor fuqaroning yashash manziliga chiqilib, mol-mulklari xatlangan, band solingan va xolislar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Qarzdor Z.Isomiddinnova tomonidan o‘ziga belgilangan ixtiyoriy muddatda kredit qarzdorligi summalari o‘z vaqtida qoplanmagach, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan 27.01.2021 yil kuni xatlangan mulklarni realizatsiya qilinishi jarayonida qarzdor tomonidan jami 66 mln. 994 ming 785 so‘m kredit qarzi to‘liq to‘lab berilgan va ijro ishi yurituvi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan amalda ijrosi to‘liq ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor fuqarodan tadbirkor foydasiga 67,0 mln. so‘m kredit qarzi undirib berildi