22:50 / 30.01.2021
1 935

«Agar ota-bobolarimiz qirilmaganda edi, ularning bilimi, ilmi bilan katta kashfiyotlar qilinardi» – Shavkat Mirziyoyev

«Agar ota-bobolarimiz qirilmaganda edi, ularning bilimi, ilmi bilan katta kashfiyotlar qilinardi» – Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni Toshkent Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Kun.uz muxbiriga ko‘ra, tashrif doirasida o‘tgan bino taqdimotida prezident Mirziyoyev jadidlar qirg‘ini borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Agar jadidlarimiz qirg‘in qilinmaganda edi, hozir bizda «to‘rtinchi renessans» bo‘lardi. Agar ota-bobolarimiz qirib tashlanmaganda edi, ularning bilimi, ularning ilmi bilan katta kashfiyotlar qilinardi. Lekin ular yo‘q qilindi.

Xo‘sh, birinchi marta O‘rta Osiyodan Germaniyaga borib o‘qiganlar qayerdan edi? Bizdan edi. Ularni ham o‘sha joyning o‘zida borib yakson qilib kelishdi. O‘z vaqtida bizdagi yangilik, kashfiyot va tarixni ham kitoblarga o‘z bilganicha, o‘ziga keragicha kiritishdi. Kerakmasini yo‘q qilishdi
», – dedi davlat rahbari.

Unga ko‘ra, endilikda O‘zbekistonda ilmga e’tibor berilsa, muammolarga ham yechim topiladi, kashfiyotlar ham, yangiliklar ham bo‘ladi.

Islom sivilizatsiyasi markazi yoshlarga, kattalarga, adashganlarga ham, umuman xalqimizga mana shularni o‘rgatishi, ruhiy kuch berishi kerak.
Bu yerga kirganlar o‘z ortida, tarixida qanday buyuk shaxslar, buyuk meros borligini tushunib ketishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Agar ota-bobolarimiz qirilmaganda edi, ularning bilimi, ilmi bilan katta kashfiyotlar qilinardi» – Shavkat Mirziyoyev