19:43 / 31.01.2021
2 385

O‘zbekistonda jazoni o‘tayotgan mahkumlar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda jazoni o‘tayotgan mahkumlar soni ma’lum qilindi
O‘zbekistonda bugungi kunda 27,5 ming kishi jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tamoqda. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Tarbiyaviy va ijtimoiy psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Sultonov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, jazoni ijro etish tizimidagi koloniyalarning sig‘imiga nisbatan saqlanadigan joylarning 44 foizi bo‘sh. Ko‘proq og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan mahkumlar jazo muddatini o‘tamoqda.

«O‘ta og‘ir jinoyatlarga ko‘proq odam o‘ldirish, giyohvandlik, firibgarlik va bosqinchilik bilan bog‘liq jinoyatlar birinchi marta sudlanganlar orasida ko‘proq. Boshqa muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan ko‘proq og‘ir turga kiruvchi jinoyatlar, o‘g‘irlik shunga o‘xshash jinoyatlar ko‘pligini aytishimiz mumkin» — degan Jamshid Sultonov.

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi davolash profilaktika yordamini tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Yusupov jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarning 9 foizi koronavirus kasalligiga chalinganini bildirgan. Ularning o‘ta og‘ir holatda bo‘lgan ikki nafari muddatidan avval ozodlikka chiqarilgan.

Anjumanda, shuningdek, mamlakatda 43 ta jazoni ijro etish muassasasi hamda 11 ta tergov hibsxonasi borligi ma’lum qilingan. Muassasalarning 18 tasi yopiq turdagi, 25 tasi esa manzil-koloniya ekanligi aytilgan.

11 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan fraksiyalararo amaliy muloqotga bag‘ishlangan yig‘ilishda O‘zbekistonda 54 ta jazoni ijro etish muassasasi mavjudligi, ularning 18 tasi yopiq turdagi, 25 tasi manzil koloniya va 11 tasi tergov hibsxonalari ekanligi aytilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda jazoni o‘tayotgan mahkumlar soni ma’lum qilindi