Foto: Prezident matbuot xizmati (arxiv)
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 yanvar kuni joriy yilda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
«Maxsus rakurs» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda ishsizlik masalasi ko‘tarildi. Kollejlarni transformatsiya qilishni shoshmasdan, yetti o‘lchab, bir kesgan holda amalga oshirish lozimligi aytildi.
Prezident uchun prognoz ko‘rsatkichlari, hisobot raqamlari va statistik ma’lumotlar birinchi darajali emas. Hukumatdan talab qilinayotgani - odamlarga ko‘nikma berish va ularni o‘z bizneslarini to‘g‘ri yuritishga o‘rgatishdan iborat, deyiladi ko‘rsatuvda.
«Men yana bir marta aytaman: qog‘oz hamma narsani ko‘taradi. Men sizlar bilan bu majlisni o‘zimni ham qiynab, sizlarni ham qiynab o‘tkazmas edim. Favqulodda vaziyat, har 15 kunda prezidentga har bir tuman bo‘yicha tahlil. Pirovard maqsad - ish joyi. Sizlarda shu, boshqa hech qanday ko‘rsatkich yo‘q. Ish joyi, yalpi ishlab chiqarish, bo‘ldi.
Pul bermasdan aytganimda boshqa gap edi, monomarkazlar bo‘lmay, tizimni qilib bermaganimda boshqa gap edi. To‘g‘rimi? Tuzilma qilib bermay, Kambag‘allikni qisqartirish va iqtisodiy taraqqiyot vazirligi bo‘lmaganida boshqa gap edi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Davlat rahbari mansabdor shaxslar oldiga uzluksiz mexanizmni ishga tushirish bo‘yicha aniq vazifa qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!