12:02 / 01.02.2021
1 640

Uchko‘prikda “Xumo to‘qimachi” MCHJdan 450 mln. so‘m soliq qarzi undirib olindi

Uchko‘prikda “Xumo to‘qimachi” MCHJdan 450 mln. so‘m soliq qarzi undirib olindi
Majburiy ijro byurosi Uchko‘prik tuman bo‘limi ish yurituvida Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasining 2020 yil noyabr-dekabr oylaridagi 6 ta qaroriga asosan tumandagi “Xumo to‘qimachi” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan jami 450 mln. so‘m soliq qarzi undirish yuzasidan ijro hujjati mavjud.

Aslida, soliq to‘lovchi sifatida “Xumo to‘qimachi” MCHJ tomonidan soliq qarzi ixtiyoriy to‘lanmayotganligi bo‘yicha tegishli qarorlar Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limiga tez-tez kelib tushib turgan bo‘lib, 2019-2020 yillar davomida ham ushbu jamiyat bilan juda ko‘plab majburiy ijro harakatlari amalga oshirilgan.

Xususan, jamiyat soliqlar o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli Byuro organiga kelib tushgan ijro hujatlariga asosan jamiyat balansida bo‘lgan oshxona bino-inshootlari, jamiyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar xatlangan, biroq onlayn auksion orqali sotilmasdan jamiyat har safar soliqlarni to‘lab bergan.

Bu safar ham qarzdor “Xumo to‘qimachi” MCHJ tomonidan 450 mln. so‘m soliq qarzi ixtiyoriy to‘lanmaganligi sababli majburiy ijro harakatlari o‘tkazilib, jamiyatning bank hisobraqamlariga inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan va jamiyat balansidagi mulklar xatlangan.

Joriy yilning 21 yanvar kuni jamiyat mas’ul shaxslari tomonidan 450 mln. so‘m soliq qarzi to‘liq to‘lab berilgan, biroq bu hali hammasi emas edi, chunki jamiyatdan qo‘shimcha ravishda belgilangan miqdorda ijro yig‘imi undirilgan va mansabdor shaxsining ma’muriy javobgarlik masalasi hal etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchko‘prikda “Xumo to‘qimachi” MCHJdan 450 mln. so‘m soliq qarzi undirib olindi