20:53 / 01.02.2021
2 626

O‘zbekistonda AI-80 markali avtomobil benzinining narxi oshishda davom etmoqda

O‘zbekistonda AI-80 markali avtomobil benzinining narxi oshishda davom etmoqda
«O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi»ga o‘tgan hafta davomida 40 926,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 16 186,5 tonnasi, ya’ni 39,6% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 31 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 5 805,5 ming so‘mdan 5 875,1 ming so‘mgacha yoki 1,2% ga ko‘tarildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 5 795,2 ming so‘mni, AI-91 – 6 803,5 ming so‘mni tashkil etdi.

Umuman olganda, joriy yilning boshidan buyon sotuvchi-korxonalar AI-80 rusumli avtomobil benzinining boshlang‘ich narxini 5 633,8 ming so‘mdan 5 874,7 ming so‘mgacha, ya’ni 4,3% ga oshirishgan.

Xususan, ko‘rib chiqilayotgan davrda Buxoro NQIZ AI-80 benzinining boshlang‘ich bahosi mahsulotning bir tonnasi uchun 5 624,7 ming so‘mdan 5 889,2 ming so‘mgacha oshdi, ya’ni 4,7% ga oshirishgan. Bunda, birja savdolariga qo‘yilgan benzining hajmi oshdi, xaridorlarning soni esa deyarli o‘zgarmadi. Buning natijasida, benzinning birjadagi narxi 5 665,4 ming so‘mdan 5 875,1 ming so‘mga, ya’ni 4,3% ga ko‘tarilgan. Benzinning boshlang‘ich bahosi va birja savdolari natijasida shakllangan o‘rtacha narxi o‘rtasidagi tafovut atigi 0,007% ni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda AI-80 markali avtomobil benzinining narxi oshishda davom etmoqda