O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati Andijon viloyatidagi sudlardan birining raisi ishdan olinishi borasida tarqalgan gap-so‘zlar qanchalik haqiqatga mos kelishi haqidagi «Daryo» so‘roviga javob berdi.
Mazkur so‘rovgv ko‘ra 2020 yilning noyabr oyida Andijon viloyatidagi shahar sudlaridan birining raisi ishdan olingani, bunga esa sudyaning axloqsiz xatti-harakati sabab bo‘lgani haqida ma’lumot kelib tushgan.
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati rahbari Tursunali Akbarovning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, haqiqatan ham Andijon viloyatidagi shaharlardan birining sud raisi vazifasidan ozod etilgan.
«Bunga sobiq sud raisi sudyalik odob-axloqini buzgani sabab bo‘lgan. Biroq shaxsiy hayot daxlsizligi nuqtai nazaridan sobiq sudyaning ism-sharifi va ishxonasining aniq manzilini ochiqlash maqsadga muvofiq emas», – dedi Tursunali Akbarov.
Ma’lumot uchun, 2020 yilda jami 27 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilib, lavozimidan ozod qilingan. Bunga uchta holatda sudyaning boshqa ishga o‘tgani (ular orasida respublika rahbarlik idoralarida mas’ul vazifaga tayinlangani ham bor), beshta holatda esa sudya o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shash haqida ariza yozgani sabab bo‘lgan.
Shuningdek, sudyalik qasamyodi va odob-axloq qoidalarini hamda odil sudlovni amalga oshirishda qonun talablarini qo‘pol ravishda buzgan 12 nafar sudya tizimdan chetlatilgan. Ulardan biri jinoiy javobgarlikka tortilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Oltinko‘lda qarzdor jamiyatdan 6,5 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirib berildi

Transformator o‘rnatib berish evaziga 3800 dollar so‘ragan «Andijon hududiy elektr tarmoqlari» xodimi qo‘lga olindi

Senat raisi: «Qonunlarimizda korrupsiogen holatlar mavjud»

Xorazmda «bola puli» tayinlash evaziga 400 ming so‘m talab qilgan mahalla raisi qo‘lga olindi

Sergeli tuman hokimi ishdan olindi

Ishtirokchi savoli: “XDP raisi ”isteʼmol savatchasi“ haqida tushunchaga ega emasmi?” (video)