22:30 / 01.02.2021
1 054

«Koronavirusning ‘britancha’ shtammining odamlar orasiga kirishiga yo‘l qo‘ymadik» — Nurmat Otabekov

«Koronavirusning ‘britancha’ shtammining odamlar orasiga kirishiga yo‘l qo‘ymadik» — Nurmat Otabekov
Koronavirusning «britancha» shtammi aniqlangan bemor aeroportning o‘zida alohidalangan va virus odamlar orasiga kirishiga yo‘l qo‘yilmagan. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

«Butun dunyodagi ko‘plab iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarni koronavirus kasalligi karaxt holatga keltirib qo‘ygan bir paytda respublikamizdagi epidemik barqarorlik bizdagi tizim nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib turibdi.

‘Britancha’ shtamm aniqlangan bemor aeroportning o‘zida alohidalangan, shifoxonaga yotqizilgan va bemorda hech qanday asoratlar kuzatilmagan.

Yutug‘imiz shuki, biz aeroport, qo‘yingki, shifoxona sharoitida kasallik manbaini jilovladik, uning odamlar orasiga kirib ketishiga yo‘l qo‘ymadik
», – dedi Nurmat Otabekov.

Shuningdek, Nurmat Otabekov «britancha» shtammni O‘zbekistonga umuman kiritmaslik mumkinmidi, degan savolga ham javob berib o‘tdi.
«Yo‘q, biz uni hududimizga umuman kiritmaslik imkoniyatiga ega emasdik. Boisi hozirgi kunga kelib dunyoning 60 ga yaqin davlatlarida bu shtamm aniqlandi.

Koronavirusning ‘britancha’ shtammi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR davlatlaridan O‘zbekistonga kirish va chiqish bo‘yicha taqiq mavjud bo‘lsa-da, dunyoda o‘zbekistonliklar borib-kelishi mumkin bo‘lgan davlatlarning soni juda ko‘p. Kasallik aynan yuqorida sanab o‘tilgan davlatlardan emas, balki uchinchi, to‘rtinchi davlatdan kirib kelish ehtimoli mavjud edi
», – deb ta’kidladi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, 24 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda ham aniqlangani, bu kasallik oldingisidan-da og‘ir kechishi, fevral oyida karantin qaytishi to‘g‘risidagi audio tarqalgandi. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov bu mish-mishlar o‘rinsiz ekanligini, lekin shu bilan birga ehtiyot choralarini susaytirmaslik kerakligini aytgandi.

30 yanvar kuni koronavirusning «britancha» shtammi O‘zbekistonga kirib kelgani ma’lum bo‘ldi. U 23 yanvar kuni Dubaydan qaytib kelgan 10 yoshli qizchada aniqlangan. SSV esa koronavirusning yangi shtammi aniqlangan qizcha haqida nima uchun 1 haftadan keyin e’lon qilinganiga izoh berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)