09:00 / 02.02.2021
1 854

Surxondaryoda dehqon bozori rahbaridan 5 mln so‘mlik telefon talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryoda dehqon bozori rahbaridan 5 mln so‘mlik telefon talab qilgan shaxs qo‘lga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida IIB xodimlari tomonidan Sattoriy Otabek ismli blogerning yashash xonadonida tintuv o‘tkazilganligi, unga birorta tuhmat qo‘yish maqsadida o‘z uyidan kuch ishlatilib, bosib olib ketilganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi. Tergov departamenti holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 29 yanvar kuni Sherobod tumani «Qo‘rg‘on» MFYda yashovchi fuqaro Lochin T. IIB bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Arizachi 2020 yilning dekabr oyida Sherobod tuman hokimligi tomonidan u rahbarlik qiladigan Sherobod tumanida joylashgan «Chinora Gul baraka» dehqon bozorida oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etish topshirig‘i berilganligini, ushbu yarmarkadagi kamchiliklarni bartaraf etish jarayonida o‘zini bloger Sattoriy Otabek deb tanishtirgan shaxs bozordagi ushbu kamchiliklarni telefoniga tasvirga olgani haqida bayon qilgan.

Arizada ta’kidlanishicha, 2021 yil 28 yanvar kuni bloger Otabek Lochin T.ga qo‘ng‘iroq qilib, bozorni videotasvirga olish jarayonida o‘zi foydalanib yurgan Redmi 5 rusumli telefoni sinib qolganligini, agarda unga bir dona yangi Vivo-X50 rusumli telefon apparatini olib bermasa, bozordagi salbiy holatlar tushirilgan videotasvirlarni internetda tarqatib yuborishi bilan tahdid qilgan.

Lochin T. holat yuzasidan bloger Otabek Sattoriyga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlarini so‘rab, IIBga u bilan bo‘lgan so‘zlashuvlarni taqdim qilgan.

Ta’kidlanishicha, olib borilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Otabek S. Lochin T.dan uyining oldida tovlamachilik yo‘li bilan maxsus kimyoviy ishlov berilgan narxi 5 040 000 so‘m bo‘lgan bir dona Vivo-X50 rusumli uyali telefon apparatini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro Otabek Sattoriyga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda dehqon bozori rahbaridan 5 mln so‘mlik telefon talab qilgan shaxs qo‘lga olindi