09:30 / 02.02.2021
1 608

Samarqandda YPX xodimlariga pora berishga uringan haydovchilar qo‘lga olindi

Samarqandda YPX xodimlariga pora berishga uringan haydovchilar qo‘lga olindi
Foto: Samarqand viloyat IIB
Samarqandda 2021 yilning yanvar oyida YPX xodimlariga to‘rt marotaba pora berishga urinish qayd etildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yilning 26 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani yashovchi M.R. «ZIL-130» yuk mashinasini noqonuniy tarzda qayta jihozlab, harakatlanib ketayotganda viloyat IIB YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Haydovchi avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqarib kelayotgani aniqlangach, «ZIL-130» jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

27 yanvar kuni M.R. viloyat IIB YHXB 4-otryad binosida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX inspektoriga mashinasini «stoyanka»dan chiqarib berishi evaziga 1 million 200 ming so‘m taklif qilgan va pulni pora tariqasida berayotgan vaqtida viloyat IIB O‘z xavfsizlik bo‘limi va Pastdarg‘om tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Shuningdek, 26 yanvar kuni YPX inspektori M-37 yo‘lining Kattaqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi qismida Samarqand—Navoiy yo‘nalishi bo‘ylab davlat raqami yashirilgan holda harakatlanib kelgan Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi T.J. boshqaruvidagi Cobalt’ni to‘xtatgan. Haydovchi mashinani hujjatsiz boshqarib kelayotgani aniqlanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. So‘ngra mashina jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Bu fuqaro ham Cobalt’ini jarima maydonidan chiqarib berishi evaziga YPX inspektoriga 1 million so‘m pora taklif qilgan. YPX inspektori uni pora berish harakatining oqibatlaridan ogohlantirgan, keyin esa IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Holat bo‘yicha IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi va Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro YPX inspektoriga 1 million so‘m pulni pora sifatida bergan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda YPX xodimlariga pora berishga uringan haydovchilar qo‘lga olindi