13:15 / 02.02.2021
1 302

235,58 gramm gashishni noqonuniy olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi

235,58 gramm gashishni noqonuniy olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi
Bojxona organlari tomonidan giyohvand moddalarni respublikamiz hududiga jismoniy shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda olib kirilishiga qarshi kurashish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Do‘stlik chegara bojxona posti hamda Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi huquqbuzarlik o‘z vaqtida fosh etildi.

Qo‘shni mamlakat hududidan yurtimizga piyoda kirib kelgan fuqaro B.U.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi. Ushbu shaxs belgilangan tartibda xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida uning egnidagi kiyimlari orasida og‘irligi 235,58 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi B.Uga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 235,58 gramm gashishni noqonuniy olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi