1 037
Vazirlik: «Maqsadimiz tizimni ‘balchiqlardan’ tozalab, keyin yana uni balchiqqa aylantirmaslik»

Xalq ta’limi vazirligi: «Maqsadimiz tizimni ‘balchiqlardan’ tozalab, keyin yana uni balchiqqa aylantirmaslik»
Xalq ta’limi tizimidagi barcha tuman va shahar bo‘limlariga 2021 yildan boshlab ichki auditorlar biriktirildi. Bu haqda 1 fevral, dushanba kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Temur Komilovning ma’lum qilishicha, Xalq ta’limi vazirligi tizimida 2020 yilda qamrab olinmagan tahdidli, xatarli holatlar 2021 yilda jiddiy o‘rganiladi.
«Qo‘pol bo‘lsa ham aytay, maqsadimiz — tizimni qoradog‘lardan, hovuzni balchiqlaridan tozalab olganimizdan keyin yana uni balchiqqa aylantirmaslik. Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i bilan 2021 yildan boshlab respublikadagi 205 ta tuman va shahardagi quyi tizim bo‘limlariga ichki auditorlar biriktirildi», — dedi xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari. Uning qo‘shimcha qilishicha, auditor tekshiruvlari har chorak va yil yakunlarida e’lon qilib boriladi.
Uning alohida ta’kidlashicha, tizimdagi o‘g‘rilikni kamaytish statistikani kamaytirish degani emas. «Biz o‘g‘rilikni kamaytiramiz deb, murosasiz kurashga kirishdikmi, xohlaymizmi-xohlamaymizmi bu statistika oshadi», — dedi Temur Komilov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekistonda 2021 yilda avia va temir yo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi

Tuman va shahar ma’muriy sudlarining tugatilishi kadrlar qisqartirilishiga olib keladi

1 mlrd. 119 mln. so‘mlik kredit qarzdorligi undirilib, sud qarori ijrosi ta’minlandi

Xalq ta’limi vazirligi maktablarda vaqtincha 6 ta fanni o‘tmay turishni tavsiya qildi

Oʻzbekiston aholisi uch oyda bankomatlar orqali necha million dollar konvertatsiya qildi?

Sherzod Shermatov: «Endi barcha davlat idoralari o‘qituvchilarga xalaqit qilishi emas, yordam berishi kerak» (video)