11:17 / 03.02.2021
2 876

Ochilboy Ramatov rossiyalik milliarder Iskandar Mahmudov bilan muzokara o‘tkazdi

Ochilboy Ramatov rossiyalik milliarder Iskandar Mahmudov bilan muzokara o‘tkazdi
Foto: Bosh vazir birinchi o‘rinbosari matbuot xizmati
26 yanvar kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ qabullar uyida bosh vazir birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov raisligida Iskandar Mahmudov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda bosh vazir birinchi o‘rinbosari matbuot xizmatiga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Uchrashuv davomida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Transmashxolding» AJ bilan samarali faoliyati natijalari qayd etildi, hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Xususan, tomonlar harakatlanuvchi tarkibni yangilash sohasida (lokomotivlar va metro vagonlarini sotib olish), ijtimoiy sohada (Toshkent shahridagi «Navro‘z» bog‘ida piyodalar ko‘prigini va Toshkent shahrida ko‘p funksional tibbiyot markazini qurish) va boshqa sohalardagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganligini ta’kidladi. Birgalikdagi ishlarni yanada sifatli tashkil etish maqsadida delegatsiyalar rahbarlari hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab oldi va har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul shaxslar tayinladi.

Bu yo‘nalishlar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ harakatlanuvchi tarkibini ta’mirlash uchun ehtiyot qismlari va butlovchi qismlarini xarid qilish va logistikasini takomillashtirish, temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish sohasida birgalikda ishlar olib borish (AO «Sentralnaya prigorodnaya passajirskaya kompaniya» tajribasini, shu jumladan, me’yoriy tartibga solish va raqamlashtirish tajribalarini qo‘llash), signalizatsiya va aloqa sohasida yangi texnologiyalarni qo‘llash, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ magistral va manyovr lokomotivlari hamda metro uchun vagonlarni yangilash kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Xususan, kelgusidagi hamkorlik chora-tadbirlarini o‘z ichiga oluvchi «yo‘l xaritalari» loyihalari ishlab chiqilmoqda.

Yo‘lovchilarni tashish sohasida quyidagi asosiy tadbirlar rejalashtirilgan:
  • yo‘lovchilar oqimini tahlil qilish (shu jumladan, tadqiqotlar o‘tkazish), raqobat muhitini o‘rganish, transportni modellashtirish, jumladan, temir yo‘l transportida, avtobus va shaxsiy transport vositalaridagi yo‘lovchilar oqimini aniqlash va shahar transport qatnovini hisoblash;
  • temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish (intervallar, harakatlanuvchi tarkibga bo‘lgan ehtiyoj) operatsion modelini yaratish;
  • iqtisodiy modellashtirish, davlatdan mumkin bo‘lgan subsidiyalar miqdorini aniqlash;
  • yo‘lovchilarni tashishni boshqaruvi bo‘yicha yangi tashkiliy-huquqiy modelini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qabul qilish;
  • shahar atrofidagi va shaharlararo yo‘lovchilarni tashish va infratuzilma xizmatlarini ko‘rsatish xarajatlari va daromadlarini alohida hisobga olish tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qayd etilishicha, «yo‘l xaritalari»ning shu kabi loyihalari boshqa yo‘nalishlarda ham tayyorlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ochilboy Ramatov rossiyalik milliarder Iskandar Mahmudov bilan muzokara o‘tkazdi