18:20 / 03.02.2021
1 698

MIB: Uychida jamiyat foydasiga 670 mln. so‘m undirib berildi

MIB: Uychida jamiyat foydasiga 670 mln. so‘m undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Uychi tuman bo‘limi ish yurituvida Namangan viloyat iqtisodiy sudining 10.12.2020 yildagi 4-1602-2001/484-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor “MEGA TEKSTILE” MCHJ dan undiruvchi “MRT TEXTILE” MCHJ foydasiga jami 670.127.451 so‘m qarz undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.

Ushbu ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 28.12.2020 yilda kelib tushgan va davlat ijrochisining “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida” gi qarori qabul qilinib, ijro qilishlik uchun qarzdorga va taraflarga O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ma’lumot uchun yuborilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor “MEGA TEKSTILE” MCHJning mulkiy ahvoli o‘rganilib, bankdagi aniqlangan hisob-raqamlariga inkassa topshiriqnomalari yuborilib, barcha hisob-raqamlariga taqiq qo‘yilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor “MEGA TEKSTILE” MCHJ dan 11.01.2021 yilda 80,0 mln. so‘m, 19.01.2021 yilda 34,0 mln. so‘m, 27.01.2021 yilda 556,1 mln. so‘m jami 670,1 mln. so‘m qarzdorlik to‘liq undirilib, undiruvchi “MRT TEXTILE” MCHJga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Uychida jamiyat foydasiga 670 mln. so‘m undirib berildi