07:13 / 04.02.2021
2 576

«Mozori-Sharif — Qobul — Peshavor» temir yo‘lining qurilishi qanday ahamiyatga ega?

«Mozori-Sharif — Qobul — Peshavor» temir yo‘lining qurilishi qanday ahamiyatga ega?
Ma’lumki, 2 fevralda Toshkentda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston vakillari ishtirokida “Mozori Sharif — Kobul — Peshavor” temir yo‘lini qurish bo‘yicha yuqori darajadagi uch tomonlama ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri H.Atmar, Pokiston bosh vazirning savdo, to‘qimachilik sanoati va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Dovud ishtirok etishdi. Shuningdek, AQSHning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbarlari va xalqaro moliya institutlari vakillari qatnashdi. Ulardan ayrimlari videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi.

“Tadbir yakunida “Mozori-Sharif — Kobul — Peshavor” temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha erishilgan asosiy kelishuvlarni o‘zida mujassam etgan qo‘shma “Yo‘l xaritasi” imzolandi, - deyilgan xabarda.
Xabarda ta’kidlanishiga ko‘ra, “Mozori-Sharif — Kobul — Peshavor” temir yo‘lining qurilishi Janubiy Osiyo va Yevropa davlatlari o‘rtasida Markaziy Osiyo orqali yuklarni tashish vaqtini hamda narxini sezilarli darajada kamaytiradi.

Shuningdek, yangi transafg‘on temir yo‘li - Pokistonning “Karachi”, “Qasim” va “Gvadar” dengiz portlariga chiqadi va Janubiy Osiyo temir yo‘l tizimini Markaziy Osiyo va Yevroosiyo temir yo‘l tizimlari bilan bog‘laydi. Bu bilan Markaziy Osiyoning tranzit salohiyatini keskin oshirishga, Yevropa va Osiyoni eng qisqa quruqlik yo‘li bilan bog‘laydigan ko‘prikka aylanadi.

Undan tashqari, ushbu loyihani amalga oshirish, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, o‘n minglab yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda mineral resurslarga boy zaxiralarni o‘zlashtirishga sharoit yaratadi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan xalqaro moliya institutlari vakillari, loyihaning strategik ahamiyatini ta’kidlab, unda hamkorlikda ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Shu bilan birga, Temir yo‘l yo‘nalishining aksariyat qismi tog‘li hududlardan o‘tgani sababli, loyiha murakkabligi va loyihaoldi hujjatlarini yuqori sifatli qilib tayyorlashni kerakligi va puxta ilmiy-iqtisodiy tahlil o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

OIIB vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy, YETTB vitse-Prezidenti Alan Pillou, ITB vitse-prezidenti Mansur Muxtor, Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk, OTB departamenti Bosh direktori Yevgeniy Jukov va Yevropa investitsiya banki Prezidentining maslahatchisi Flaviya Palanza trans-afg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish tashabbusini ma’qulladilar.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 29 dekabrda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston rahbarlari “Mozori Sharif — Kobul — Peshavor” temir yo‘lini qurish loyihasini qo‘llab-quvvatlash taklifi bilan xalqaro moliya institutlariga murojaat yuborgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Mozori-Sharif — Qobul — Peshavor» temir yo‘lining qurilishi qanday ahamiyatga ega?