08:42 / 04.02.2021
671

Shavkat Mirziyoyev 2021 yil Davlat dasturini tasdiqlovchi Farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev 2021 yil Davlat dasturini tasdiqlovchi Farmonni imzoladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil — «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi.

Mazkur davlat dasturi loyihasi joriy yilning 18 — 28 yanvar kunlari 2021.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz veb-portallari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi va keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi.

Muhokamalar doirasida farmon loyihasi mahalliy ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda 700 ga yaqin, teleradiokanallarda qariyb 400 ta chiqish va eshittirishlar efirga uzatildi.

Natijada loyiha bo‘yicha 4 mingga yaqin takliflar kelib tushdi. Xususan, davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha — 1 239 ta, sud-huquq yo‘nalishida — 479 ta, iqtisodiyot sohasida — 901 ta, ijtimoiy sohada — 1018 ta, tashqi siyosat va xavfsizlik yo‘nalishida — 146 ta.

Takliflarni har tomonlama ko‘rib chiqish yakuniga ko‘ra, loyihaga jami 50 ga yaqin konseptual hamda 100 dan ortiq aniqlashtiruvchi tahririy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

2021 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturida rejalashtirilayotgan tadbirlarni moliyalashtirishga umumiy qiymati 29 492,7 mlrd so‘m hamda 2 600,4 mln AQSH dollari va 57,5 mln yevro miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Davlat dasturi jami 274 ta banddan iborat bo‘lib, birinchi — davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha — 20 ta, ikkinchi — sud-huquq yo‘nalishi bo‘yicha — 18 ta, uchinchi — iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha 113 ta, to‘rtinchi — ijtimoiy soha yo‘nalishi bo‘yicha 93 ta, beshinchi — tashqi siyosat va xavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha 30 ta banddan iborat vazifalar belgilab olingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)