13:53 / 04.02.2021
1 748

Toshkentda mast haydovchi skuterda inspektorlardan qochishga urindi (video)

Toshkentda mast haydovchi skuterda inspektorlardan qochishga urindi (video)
Kadr: Telegram
Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan skuter haydovchisi va YPX inspektori o‘rtasida ro‘y bergan hodisa (videosi) yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1 fevral kuni taxminan soat 23:15 da Yashnobod tumani Shahrisabz ko‘chasida xizmat olib borgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori kichik serjant Dilshod Musayev harakat yo‘nalishi shubhali bo‘lgan skuter haydovchisiga to‘xtash haqida ishora qilgan.

Ammo haydovchi ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talabini mensimasdan harakatni davom ettirgan. YPX inspektori sherigi serjant Nuriddin Dosimov bilan birga zarur choralarni ko‘rib, transport vositasini Shahrisabz ko‘chasidagi Brazzeri restorani yonida to‘xtatgan.

Ma’lum bo‘lishicha, skuterni 32 yoshli M.M. ismli fuqaro boshqargan. Suhbat davomida inspektorlar haydovchidan kelgan spirtli ichimlik hidini sezib unga ekspertizadan o‘tishni taklif qilgan. Haydovchi bunga javoban inspektorlarni haqorat qilib va ularga faol qarshilik ko‘rsatib, uni transport vositasi boshqaruvidan chetlatishga xalaqit bermoqchi bo‘lgan. Shu sababli kichik serjant Dilshod Musayev jangovar usul qo‘llagan.

«Keyinchalik, ekspertiza xulosasi haydovchining mast bo‘lganini tasdiqlaganidan so‘ng unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasi (transport vositalarini mast holda boshqarish) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Transport vositasi jarima maydonchasiga joylandi», — deyiladi xabarda.

«Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonuniga (21, 22-moddalar) muvofiq xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega. Ayni vaqtda YPX inspektori tomonidan jismoniy kuch ishlatilishi qonuniy ekanligini tekshirish maqsadida xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda mast haydovchi skuterda inspektorlardan qochishga urindi (video)