14:22 / 04.02.2021
1 711

Navbahorda sayyor qabul va sayyor sud o‘tkazildi

Navbahorda sayyor qabul va sayyor sud o‘tkazildi
Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish odil sudlov oldiga qo‘yilgan eng muhim masalalardan biridir.

Davlat rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 8 oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 yanvardagi “Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi doirasida, jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi va fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining raislari tomonidan, Majburiy ijro byurosi Navbahor tuman bo‘limi va tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda, joriy yil 3 fevral kuni tumanning “Keskanterak” mahallasida fuqarolar hamda “Ayollar daftari”ga kirtilgan
xotin-qizlarning sayyor qabuli tashkil etildi.

Sayyor qabulda uch nafar ayollar, to‘rt nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda sud raislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi
“Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6127-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 12 yanvardagi “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida tushuntirishlar berildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish odil sudlov oldiga qo‘yilgan eng muhim masalalardan biridir.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Qonunga ko‘ra, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasida, ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilishi mumkinligi, shuningdek, shaxs ijro etilmagan qo‘shimcha jazo, ya’ni muayyan huquqdan mahrum qilish jazosidan ham ozod qilinishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Ochiq muloqotdan so‘ng, jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi A.Ibodov tomonidan mahalla binosida sayyor sud majlisi o‘tkazilib, muqaddam o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgani uchun, sud hukmi bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan uch nafar mahkumlarga nisbatan insonparvarlik prinsiplari qo‘llanib, ular o‘talmagan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining devonxona mudiri
B.Farmonov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navbahorda sayyor qabul va sayyor sud o‘tkazildi