09:56 / 05.02.2021
1 640

Statqo‘m bozorlardagi narx-navoni ma’lum qildi

Statqo‘m bozorlardagi narx-navoni ma’lum qildi
Davlat statistika qo‘mitasi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 3 fevral kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini ma’lum qildi.

Suyakli mol go‘shti 45 ming so‘mdan 65 ming so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg suyakli mol go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Namangan shaharining «Namangan chorsu dehqon universal bozori» va Urganch shaharinng «Urganch markaziy dehqon bozori» rastalarida (45 ming so‘m) qayd etilgan.

Suyakli mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (65 ming so‘m) kuzatilgan.

Qo‘y go‘shti 48 ming so‘mdan 78 ming so‘mgacha (kg)
Qo‘y go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori» (48 ming so‘m) arzonlashtirilgan rastalarida ro‘yxatga olingan.
Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (78 ming so‘m) kuzatilgan.

Kartoshka 2 800 so‘mdan 6 ming so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvdagi yirik bo‘lmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2 ming 800 so‘m) qayd etilgan.

Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da sotuvdagi saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6 ming so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 ming 200 so‘mdan 3 ming 500 so‘mgacha (kg)
Piyoz mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da (1 ming 200 so‘m) ro‘yxatga olindi.
Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da sotuvda bo‘lgan saralangan piyozning narxi(3 ming 500 so‘m) kuzatildi.

Sabzi 1 000 so‘mdan 4 ming so‘mgacha (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori»da (1 000 so‘m) qayd etilgan.

Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da sotuvdagi tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (4 ming so‘m) qayd etildi.

Tuxum 7 ming so‘mdan 15 ming so‘mgacha (10 dona)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Namangan shaharining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da arzonlashtirilgan tuxum rastalaridagi mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida (7 ming so‘m) qayd etildi.

Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Eski jo‘va dehqon bozori»da (15 ming so‘m) kuzatilgan.

Guruch 5 ming so‘mdan 18 ming so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 ming so‘m) qayd etilgan.

Maksimal narx esa, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori»da kuzatildi (18 ming so‘m).

O‘simlik yog‘i 11 ming so‘mdan 19 ming so‘mgacha (litr)
O‘simlik yog‘i mahsulotlarining minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i 11 ming so‘m) kuzatildi.
Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 19 ming so‘m) kuzatildi.

Shakar 6 500 so‘mdan 8 ming so‘mgacha (kg)
Shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da (6 500 so‘m) qayd etildi.

Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori»da (8 ming so‘m) kuzatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Statqo‘m bozorlardagi narx-navoni ma’lum qildi