20:25 / 05.02.2021
1 836

“Yangihayot”da industrial park tashkil etiladi

“Yangihayot”da industrial park tashkil etiladi
Yangihayot tumanining “Xo‘ja Uchqun”, “Jaloyiq” va “Gulzor” mahallalari tutashgan hududlaridagi yer maydonlari hisobidan “Yangihayot” industrial texnoparki tashkil etiladi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu texnopark 210 gektar maydonni egallab, unda qurilish materiallari, oziq-ovqat, tekstil va boshqa bir qator muhim sohalarda qiymati 4 trilliondan ortiq so‘mlik 70 dan ziyod loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Bu bo‘yicha 4 fevral kuni “Toshkent shahrida “Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Yangihayot”da industrial park tashkil etiladi