20:45 / 05.02.2021
2 923

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga aliment pullari to‘liq undirib berildi

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga aliment pullari to‘liq undirib berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2020 yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-sonli Farmonida 2021 yil 1 martdan boshlab aliment majburiyatlarini bajarish qarzdorlar tomonidan aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda aliment pullari undiruvchi nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasiga o‘tkazilishi belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Jondor tumani bo‘limiga fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 16.06.2017 yildagi qaroriga asason qarzdor M.Baxriyevdan undiruvchi 2002 yilda tug‘ilgan farzandi Buxoro shahar 32-“Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi Marjona Badriddinova foydasiga uning voyaga yetguniga qadar har oydagi ish haqi va boshqa turdagi barcha daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish va undirilgan alimentlar M.Badriddinova nomiga ochilgan bank hisob varag‘ida jamlash haqida ijro hujjati kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor M.Baxriyev aliment pullarini to‘lashi lozimligi xususida bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lsada, aliment pullarini to‘lamasdan kelgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan undiruvchi M.Badriddinovaga voyaga yetguniga qadar 20 mln. 430 ming so‘m aliment pullari to‘liq undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga aliment pullari to‘liq undirib berildi