21:05 / 05.02.2021
1 465

Tuproqqal’ada 1 kunda qarzdorlik undirildi

Tuproqqal’ada 1 kunda qarzdorlik undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 29.01.2021 yil kungi ijro hujjatiga ko‘ra “MIRSHOX BIRD CENTER” ma’suliyati cheklangan jamiyatdan undiruvchi ChЕKI “Hamkorbank” ATB Xazorasp AJ filiali foydasiga 268.696.340 so‘m qarzdorligi undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati 01.02.2021 yilda Byuroning Tuproqqal’a tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Davlat ijrochilari tomonidan jamiyat rahbariyatiga qarzdorlik ixtiyoriy berilgan muddat davomida bartaraf etilmasa, mulklar xatlanib, elektron onlayn savdoga chiqarilishi va shu savdodan tushgan pul evaziga qarzdorlikni qoplash choralari ko‘rilishi tushuntirildi.

Berilgan huquqiy tushuntirishlardan so‘ng jamiyat tomonidan mavjud qarzdorlikni joriy yilning 2 fevral kuni to‘liq bartaraf qilinib, ijro hujjatining ijrosi amalda tamomlandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tuproqqal’ada 1 kunda qarzdorlik undirildi