13:09 / 06.02.2021
2 076

Navoiy shahar sudi sudyalari bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Navoiy shahar sudi sudyalari bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining sudyasi A.Avezov, O‘.Haydarov va S.Boltayevlar ishtirokida 02.02.2021 yilda Navoiy shahrida joylashgan 6-sonli umumiy o‘rta-ta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, unda shahar sudining sudyalari so‘zga chiqib voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari hozirgi kunda olib borilayotgan oqilona siyosatning pirovard maqsadlaridan biri yoshlarga yaratiladigan sharoitlar ekanligini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasi yuzasida savol-javob tarzida yoshlarning bugungi siyosatga munosabati qanday ekanligi to‘g‘risida fikrlar almashildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiy shahar sudi sudyalari bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi