15:06 / 06.02.2021
1 844

Bojxonachilar xonadonda saqlanayotgan giyohvandlik vositalarini fosh etishdi

Bojxonachilar xonadonda saqlanayotgan giyohvandlik vositalarini fosh etishdi
Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanuviga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Bu borada Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazishdi.

Xususan, o‘tkazilgan tezkor tabdirda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida 2 nafar fuqarolar to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida, ularning yonidan 1 dona “Tropikamid” va 1 dona kapsula ko‘rinishidagi “Regapen” dori vositasi borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro B.Xning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, xonadondan 27 dona gugurt qutilarda hamda polietilen paketda yashil rangli o‘tkir hidli, “marixuana” giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddalar va 2 dona yelim idishlar borligi aniqlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida ushbu xonadonda noqonuniy tarzda saqlab kelingan 2 dona 3 litr hajmli shisha idishdagi yashil rangli o‘tkir xidli o‘tsimon moddalar hamda 3 dona shaffof polietilen paket parchalari borligi aniqlandi.

Bankalardagi moddalar 716,85 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasi hamda 3 dona polietilen paket bo‘laklarida esa 0,1089 gr og‘irlikdagi “Opiy” giyohvandlik vositasi qoldiqlari ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ekspertiza tekshiruvlari ko‘ra, xonadondan aniqlangan mazkur moddalar “Marixuana” giyohvandlik vositasi bo‘lib, og‘irligi 197,36 gramm ekanligi, 1 dona chekish uchun mo‘ljallangan yelim idish (baklajka)da faol giyohvand modda “Tetrogidrokannabinol” moddasining izlari mavjud ekanligi fosh bo‘ldi.

Yuqorida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami 914,21 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasi, 0,1089 gr og‘irlikdagi “Opiy” giyohvandlik vositasi qoldiqlari hamda “Tetrogidrokannabinol” giyohvand modda moddasining izlari aniqlanib, holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar xonadonda saqlanayotgan giyohvandlik vositalarini fosh etishdi