16:30 / 06.02.2021
1 626

50,4 million so‘mlik dori vositalarini noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

50,4 million so‘mlik dori vositalarini noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda, O‘rtachirchiq tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, yo‘l yoqasida fuqaro Z.B. o‘z boshqaruvidagi “Epika” rusumli avtoransport vositasiga ortilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, horijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 50,4 million so‘mlik 577 quti “Fluimutsil 100 mg” va 50 quti “Heparin Injection IP 5000 IU 5 ml” nomli dori vositalarini shartli xaridorga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 50,4 million so‘mlik dori vositalarini noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi