16:53 / 06.02.2021
1 817

Tovarlarni noto‘g‘ri tasniflash holatiga chek qo‘yildi

Tovarlarni noto‘g‘ri tasniflash holatiga chek qo‘yildi
Bojxona organlarining bojxona to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi, bu yo‘nalishda ishlashning yangi usullarini qo‘llash hamda ushbu maqsadlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchilari tomonidan bojxona qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga asoslanadi.

Tovarlarning to‘g‘ri tasniflanganligini tekshirish va tovarlarni tasniflash kodi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlarni ma’lum qilish bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va o‘z xavfsizlik, Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda TIFda notarif tartibga solishni nazorat qilish va bojxona ekspertizasi guruhi tomonidan tovarlarning TIF TN kodlarini to‘g‘ri belgilanishi yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida hamda berilgan ekspert xulosasiga asosan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis S.A tomonidan taqdim etilgan “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida rasmiylashtirilgan “Dongben” markali 40 dona yangi uch g‘ildirakli mototsikl transport vositalarining TIF TN kodini noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlandi va 198 078 827,73 so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi TIF TN kodi nima u?
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi (TIF TN) — tovarlar klassifikatori bo‘lib, uni qo‘llashdan maqsad tovarlarni aniq identifikatsiyalash, bojxona bojlarini to‘g‘ri undirish va bojxona deklaratsiyalari bilan ishlashni avtomatlashtirishdir. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tovarlarni noto‘g‘ri tasniflash holatiga chek qo‘yildi