Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy mamlakatga yo‘l olgan fuqaro O.H.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida ushbu shaxsning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tilishi taqiqlangan 1 dona “Geco 7.65 mm.” yozuvli o‘q-dori borligi aniqlandi.
Yana bir holatda, xorijiy mamlakatdan uchib kelgan fuqaro T.R. belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, uning yuklari orasida 1 dona “6.5* 55” yozuvli o‘q-dori borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Jasur Umirov ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan tergovchi harakatlari prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda

“Kobalt”dagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari manzilga yetib bormadi

“Neksiya”ga yashirilgan kuchli ta’sir etuvchi dorilar fosh etildi

Tadbirkorlar uchun: Bojxonalarda “yashil” va “koʻk” yoʻlaklar ishga tushirildi (foto)

16 fevral voqealari ishtirokchisi Zokir Rahimov Turkiyada qo‘lga olindi (video)

23 mln so‘mlik tillani ichga yutgan yo‘lovchi ushlandi