18:43 / 06.02.2021
1 558

Biologik faol qo‘shimchalarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi

Biologik faol qo‘shimchalarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarning bojxona chegaralari orqali olib o‘tilishining oldini olish borasidagi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida yo‘lovchi poyezdining vagoni bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, xorijiy mamlakatdan kirib kelgan fuqaro S.B.da bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan, sifati kafolatlanmagan og‘zaki so‘rovga ko‘ra qiymati 12,1 million so‘mlik 33 dona “NUTRILITE” nomli bioaktiv qo‘shimchalar borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Biologik faol qo‘shimchalarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi