19:53 / 07.02.2021
2 595

Tibbiyot qutisidagi xavf: zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan dori vositalari

Tibbiyot qutisidagi xavf: zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan dori vositalari
Foto: «Domashniy ochag»
Me’yorni saqlash qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, shuningdek, amal qilish muddati tugamagan taqdirda ham ba’zi dori-darmonlarga nisbatan juda ehtiyot bo‘lish kerak. Buning xavfli tomoni shundaki, mazkur dorilarning aksariyati uyda, tibbiyot qutisida saqlanadi. Kasal bo‘lganda esa darhol ular qabul qilinadi. Shuning uchun ham qaysi dori vositalariga ehtiyot bo‘lish kerakligini bilib qo‘yish muhim.

«Analgin», «Ibuprofen» va «Paratsetamol»
Shuningdek, steroidga ega bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dori vositalari ham shular jumlasidan. Ular og‘riqni yengillashtiradi, isitmani tushiradi, shuning uchun ham ularni doimiy ravishda saqlash va tez-tez qabul qilish holatlari kuzatiladi. Ammo ularning barchasi oshqozon shilliq qavatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, gastrit hamda oshqozon yarasini keltirib chiqarishi va hattoki oshqozonda qon ketishini qo‘zg‘atishi mumkin. «Analgin» vositasini uzoq muddat qabul qilish anemiyani keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, asetilsalitsil kislotasi qon ivishi va qon ketishiga sabab bo‘lishi mumkin, indometatsin esa asab tizimiga ta’sir qiladi va galyutsinatsiyani qo‘zg‘atishi mumkin.

Foto: «Domashniy ochag»
Burun uchun tomchilar
Avvalo, bu vazokonstriktiv xususiyatga ega spreylar va tomchilarga tegishli bo‘lib, ulardan uzoq vaqt, 5 kundan ortiq foydalanilsa, miya tomirlarining torayishi tufayli bosh og‘rig‘i kabi noxush holatlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu kabi dorilar ayniqsa bolalar uchun xavflidir. Ulardan juda uzoq muddat foydalanish ong yo‘qolishi va hattoki komaga tushishga ham olib kelishi mumkin.

Foto: «Domashniy ochag»
Peshob haydovchi dorilar
Ushbu dori vositalari ham ortiqcha suyuqlik bilan birga tanadan muhim elektrolitlarni, masalan, kaliyni chiqarib tashlaydi. Uning tanqisligi natijasida zaiflik, mushaklarning turli guruhlarida og‘riq va yurak yetishmovchiligini keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, mazkur vositalarning me’yordan ortishi qon bosimining keskin pasayishiga, hushdan ketish va bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: «Domashniy ochag»
«Aspirin»
Malakali shifokorlar ushbu preparatni shamollashni davolash uchun emas, balki yurak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda infarkt va qon tomirlarining oldini olish uchun buyuradi. Ammo aspirin oshqozon devori, buyrak, bachadon, qon tomir epiteliysiga hamda jigarga salbiy ta’sir o‘tkazadi. «Aspirin»ni uzoq muddat davomida qabul qilish oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakda eroziya va yaralar paydo qilishi mumkin.

O‘simlik ekstraktlaridan tayyorlangan dori va fitopreparatlar

Foto: «Domashniy ochag»
Bu kabi davolash bilan bir vaqtning o‘zida ikkita xavfga duch kelish mumkin. Birinchidan, me’yorni osongina taxmin qilish qiyin, faqatgina ko‘z bilan aniqlash mumkin. Ikkinchidan, ko‘pchilik dorivor o‘tlar boshqa dorilarning ta’sirini kuchaytirishi yoki susaytirishi, shu bilan birga samaradorligini sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkinligini unutadi. Natijada organizmda kutilmagan jiddiy holatlar yuz beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tibbiyot qutisidagi xavf: zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan dori vositalari