09:35 / 08.02.2021
1 912

Namangandagi masjiddan 600 ming so‘mlik qishki poyabzalni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi

Namangandagi masjiddan 600 ming so‘mlik qishki poyabzalni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi
Foto: IIB axborot xizmati
Namangan shahrida o‘zganing qarovsiz qoldirilgan kurtkasidan telefon va masjidga namoz o‘qish uchun kelgan fuqaroning oyoq kiyimini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2 fevral kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada qayd etilishicha, fuqaro shu kuni soat 13:00 da Namangan shahar «Chorsu» dehqon bozorida joylashgan hojatxonada egnida bo‘lgan kurtkasini qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma’lum shaxs, uning cho‘ntagidan narxi 160 AQSH dollari bo‘lgan iPhone 6S rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketgan.

Namangan shahar IIO FMB 4-sonli Jinoyat-qidiruv bo‘limi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxs jinoiy harakatlarini davom ettirib, Namangan shahar «Chorsu» MFY hududida joylashgan «Xo‘ja Amin» jome masjidiga namoz o‘qish uchun kelgan, 33 yoshli fuqaroga tegishli bo‘lgan 600 ming so‘mlik erkaklar qishki oyoq kiyimini ham o‘g‘rilab ketganligi aniqlangan.

Namangan viloyat IIB axborot xizmati ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangandagi masjiddan 600 ming so‘mlik qishki poyabzalni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi